date

Google yangi diskli klaviatura namoyish qildi

Google yangi diskli klaviatura namoyish qildi

Google Yaponiya bo‘limi diskli telefon uslubidagi konseptual kompyuter klaviaturasini namoyish qildi, deb Rozetked xabar berdi. Unda an’anaviy tugmalar o‘rniga maxsus disklar orqali harflar teriladi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, bunday klavishalar qo‘lga qulay joylashgan, diskli tizim esa tasodifiy bosishlarning oldini oladi va ishonchli terishni ta’minlaydi. Shu bilan birga, diskning orqaga qaytishi vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga va xotirjam yozishga yordam beradi.

Bu mahsulotni jiddiy qabul qilish shart emas — Google Yaponiya har yili ana shunday hazilona konseptlarni taqdim etadi. Masalan, 2022 yili kompaniya barcha harflari bir qatorda joylashgan Gboard Bar klaviaturasini namoyish qilgan edi.

Shu bilan birga, har kim ushbu diskli klaviaturani o‘zi yasashi uchun Google uning chizmalarini ommaga e’lon qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google yangi diskli klaviatura namoyish qildi