Huawei yangi Kirin 970 protsessori ustida ish olib bormoqda


Huawei kompaniyasining so‘nggi Hisilicon Kirin 960 protsessorining imkoniyatlari Mate 9 flagmanida bundan ikki oycha oldin namoyish etilgan edi. Ammo internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan oxirgi xabarlarga ko‘ra, xitoylik kompaniya navbatdagi flagman protsessorni yaratish ustida ishni boshlab yuborgan.
Terabayt saytining xabar qilishicha, yangi Kirin 970 protsessori bozorda Mediatek Helio X30 va Qualcomm Snapdragon 835 chiplari bilan raqobat qilishi kutilmoqda. U Huawei kompaniyasining 10 nanometrli texnoprotsess asosida yaratilgan birincha flagman chipi bo‘lishi mumkin. Kirin 970 sakkizta yadrodan (to‘rtta ARM Cortex-A73 va to‘rtta ARM yadra Cortex-A53) iborat bo‘ladi, maksimum takt chastotasi 2,8 yoki 3.0 gigagersni tashkil qiladi. Bundan tashqari, chip LTE Cat. 12 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Ushbu protsessor 2017 yilda Mate 10 flagmani bilan birgalikda taqdim etilishi taxmin qilinmoqda.































Izohlar 0
…