date

Amazon serveridagi xatolik dunyo bo‘ylab ta’sir qildi

Amazon serveridagi xatolik dunyo bo‘ylab ta’sir qildi

Snapchat, Zoom, Duolingo va Roblox kabi mashhur ilovalardagi muammolar Amazon Web Services (AWS) faoliyatidagi buzilishlar tufayli yuzaga keldi, deb Kursiv nashri xabar berdi.

Amazon’ning eng yirik data markazlari joylashgan AQShning Virjiniya shtatida texnik nosozlik kuzatildi. Aynan shu hududdagi DNS tizimidagi muammo millionlab saytlarni vaqtincha ishdan chiqardi.

BBC ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar 500 dan ortiq onlayn platformalar bo‘yicha 4 milliondan ortiq muammo haqida xabar yuborgan. Keyinroq Amazon servislar tiklanayotganini ma’lum qildi, biroq Reddit kabi ba’zi saytlarda hali ham sekinlashuv kuzatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amazon serveridagi xatolik dunyo bo‘ylab ta’sir qildi