Yirik kompaniyalarda ishlashni ko‘pchilik orzu qilsa kerak. Biz u erdagi muhit, ishlash jarayoni, xodimlar va ularning qay darajada professional ekanligini bilgimiz, iloji bo‘lsa mana shunday kompaniyalarga ishga joylashgimiz keladi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Shuning uchun mazkur maqolada Apple kompaniyasida hukm surgan muhitni o‘rganishga qaror qildik. Mazkur savolga Apple kompaniyasining ko‘plab sobiq ishchilari befarqlik bildirmadilar. Balki ulardan ba’zilarida fenomen muvaffaqiyat yashiringandir?
1. Oddiy kasb egalari bilan birgalikda ishlashga to‘g‘ri kelgan
Kompaniyaning sobiq xodimi Rodrigo Estradoning aytishicha, ofisda muhandislar va tarjimonlar bilan bir qatorda hujjatli film rejissyorlari, sport suratkashi, folklor musiqachi, hamshira, ssenariy yozuvchi, sobiq uy bekalari, liboslar mutaxassisi va hattoki Pink Floyd guruhi qatnashchilari ham ishlashgan. Ularning barchasi turli mamlakatlardan edi. “Men hech qachon bunday g‘aroyib joyda ishlamaganman”, – deya tan oladi Rodrigo.
2. Komapaniya kafesidagi yagona bepul egulik – olma
Ha, etarli darajada ramziy bo‘lgan hazil
3. Kompaniyadagi muhit normal
Applening drayverlarni ham yozish bilan mashg‘ul bo‘lgan texnik ko‘mak xodimi majburiy testlar, kodni tekshirish, turli majlis va yig‘ilishlarning mavjud emasligini ta’kidlagan.
4. Kompaniyadagi amaliyotchilar ilk ish kunida Applening futbolkasini kiyib oladilar
“Agar Apple logotipi tushirilgan futbolka kiyib olgan ko‘p sonli insonlarga ko‘zingiz tushsa, bu yangi amaliyotchilarni qabul qilish kunini anglatadi. Ulardan barchasi kompaniyada ishlashga qolmaydi, ammo ularni ko‘rib qalbingiz quvonchga to‘ladi”, – deydi xodimlardan biri o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashatib.
5. Kompaniyada statistikaga katta e’tibor qaratiladi
Ko‘pincha ofislarda daromad, harajat, qabul qilingan qo‘ng‘iroqlar va boshqa ma’lumotlarni hisoblash uchun qo‘yilgan oppoq doskalarni uchratish mumkin. Ushbu statistikaga oid ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanadi.
6. Sirli loyihalarga biriktirilgan xodimlar ma’lumotni tarqatishga qo‘yilgan cheklov bilan faxrlanadilar.
Eski psixologik tryuk ma’lumotlarga qaraganda ajoyib natijalar bermoqda. Sirdan voqif etish yangi xodimda berilgan ishonchni oqlash uchun bor kuchini ishlatishga ishtiyoq uyg‘otadi.
7. Yangi xodimlar mavjud bo‘lmagan loyihalar ustida ish olib borish taklifi asosida sinaladi
Yangi xodimlar o‘ylab topilgan, mavjud bo‘lmagan loyihalar ustida ish olib borish orqali sinaladi. Natijada ishchi “bekorga” ishlaganini anglaydi. Shunday qilib rahbariyat uning bir qancha professionallik sifatlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.
8. Appledagi suhbat. Ta’riflanganicha qo‘rqinchli emas
Ish topishga ko‘p vaqt sarflagan mazkur korporasiyaning anonim xodim Amazon, Yahoo va Akamaidagi suhbatdan keyin Appledagisini solishtirib juda quvongan. Munosib nomzod vakansiyaga ega bo‘lishi mumkin. Ammo ishga kirgandan so‘ng, u erda qolish uchun ham harakat qilishi kerak.
9. Mehnatkashlar qadrlanadi
So‘rovda ishtirok etganlarning barchasi kompaniyada ishlash qiyin ekanlini ta’kidlashgan. Normallashtirilmagan grafik – Apple uchun tabiiy hol. Ish har doim juda ko‘p. Ko‘pincha sutkalab, hatto dam olish kunlari va tushlik paytida ham ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu korporasiyaning har bir a’zosi, mansabi va xizmatidan tashqari barcha uchun majburiy bo‘lgan xususiyatdir.
10. Kechki ovqat sifatida kompaniyada pissa, burger va hatto pivo iste’mol qilinadi
“Agar shunday holat yuz bersa, suyunish kerak emas. Bu sutkalab ishlash kerak ekanligini bildiradi”, – deydi mazkur holatga guvoh bo‘lgan xodim.
Ana ko‘rdingizmi, har erning o‘z qonun-qoidasi mavjud. Kompaniyalar muvaffaqqiyatga erishishida har bir xodimning o‘ziga yarasha xissasi bor. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi