
Beeline O‘zbekiston uyali aloqa operatori kompaniya mijozlaridan Opera Mini brauzerining ishlamayotgani borasida tushayotgan bir necha e’tirozlari bo‘yicha bayonot berdi. Bayonot kompaniya saytida e’lon qilingan, deb yozadi Kun.uz.
«Kompaniyamiz Opera Mini brauzeriga qanaqadir taqiqlar joriy qilmaganini ma’lum qilamiz. Agar siz bu muammoga ko‘p marotaba duch kelayotgan bo‘lsangiz, yaxshisi boshqa barqaror ishlayotgan brauzer ilovasidan foydalanib ko‘ring. O‘z navbatida vaziyatga oydinlik kiritish bo‘yicha Opera kompaniyasi bilan aloqaga chiqishimizni ma’lum qilamiz», deyiladi kompaniya axborotida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar