
Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqqanidan keyingi taqdiri xavotirli emas, deya ma’lum qildi Apple korporasiyasi rahbari Tim Kuk.
"Biz Britaniyaning kelajagiga ijobiy kayfiyat bilan qaramoqdamiz hamda mamlakatda qolamiz. Biz Britaniyaga ishonamiz, u bilan hammasi yaxshi bo‘ladi... Biroq Brexit’ga bo‘lgan yo‘lda turli g‘ovlar ham paydo bo‘lishi mumkin", - deya aytib o‘tdi Kuk Britaniyaning iTv telekanaliga bergan intervyusida.
Apple rahbari ayni damda Londonda bo‘lib turibdi. U Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, London hokimi Sodiq Xon bilan uchrashdi, shuningdek, shahardagi maktablardan biriga tashrif buyurdi.
Kuk Apple Londonda katta ofis ochishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. U Temzaning janubiy qirg‘og‘idagi Battersi tumanida joylashadi. Ayni damda Londonda Apple’ning taxminan 1,4 ming xodimi ishlaydi, ular shahardagi sakkizta ofisda mehnat qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi bino uch mingga yaqin xodimni o‘z ichiga sig‘dirishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar