23:33 / 14.05.2015
6 743

Tokio hokimiyati bog‘larda dronlardan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi

Tokio hokimiyati bog‘larda dronlardan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi

Tokio hokimiyati shahar xiyobonlari va bog‘larida uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan foydalanish taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda The Japan Times nashri'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Bu taqiqlov birinchi navbatda dronlarga nisbatan qo‘llangan. Taqiqlov Tokioning 81 ta parkini o‘z ichiga oladi. Dronlardan taqiqlangan joylarda foydalangan qurilma egalariga 50 ming iena (500 dollarga yaqin) miqdorda jarima solinadi.

Avvalroq, joriy yilning aprelida Yaponiyaning atom energetikasini qayta ishga tushirish dasturiga qarshi chiqayotgan siyosatchi Yasuo Yamamoto ifloslangan suvi bo‘lgan dronni mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe idorasi tomiga qo‘ndirgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tokio hokimiyati bog‘larda dronlardan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi