
Spotify musiqiy servisi pulli obunachilari soni 50 million kishiga etganini ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo» nashri.
O‘tgan yilning sentyabridagina servisdan 40 million kishi foydalanardi, kompaniya fikricha, foydalanuvchilar sonining o‘sishini «etarlicha izchil» deb atash mumkin.
Techcrunch ma’lumotlariga ko‘ra, Spotify’ning ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni bo‘yicha umumiy auditoriyasi 100 million kishini tashkil etadi, ushbu ko‘rsatkichga kompaniya 2016 yilning iyunidayoq erishgan edi.
Ayni paytda Spotify’dan 60 dan ortiq mamlakatlarda foydalanish imkoniyati mavjud, uning musiqiy katalogi esa 30 milliondan ziyod qo‘shiqlarni o‘z ichiga oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar