date

Telegram yangilandi: Fayllarni fon rejimida yuklash imkoni

Telegram yangilandi: Fayllarni fon rejimida yuklash imkoni

iOS operatsion tizimi uchun Telegram ilovasining 12.5 versiyasi taqdim etildi. Ushbu yangilanish chatlar va media fayllar bilan ishlovchi foydalanuvchilar uchun ko‘plab qulayliklarni taqdim etadi.

Yangi versiyadagi asosiy o‘zgarishlar:

- Fayllar endi fon rejimida yuklanadi. Ilova yopiq bo‘lsa yoki telefon blokirovka qilingan taqdirda ham yuklash jarayoni davom etadi va uni Activity panelida kuzatish mumkin. 

- Guruhlarda yangi teglar tizimi joriy etildi. Admin lavozimlari rang bilan ajratiladi, oddiy foydalanuvchilar esa o‘zlariga kulrang teglar qo‘yishlari mumkin. 

- Premium obunachilari uchun shaxsiy chat himoyasi kuchaytirildi. Endi nusxa olish, boshqaga yuborish (forward), skrinshot olish va fayllarni saqlashni taqiqlash mumkin. 

- GIF tasvirlariga matnli izoh (caption) qo‘shish imkoniyati paydo bo‘ldi. 

- Fotosuratlarni bir bosishda stikerga aylantirish va maxsus redaktor orqali ularni tahrirlash (matn yozish, chizish, emoji qo‘shish) yo‘lga qo‘yildi. 

- Ovoz berish jarayonlarida kim qachon ovoz berganini ko‘rish imkoni yaratildi. 

- Telegram orqali saytlarga kirish (login) tizimi tezlashtirildi va yangi interfeys bilan boyitildi. 

- Xabar ichidan tadbir (event) yaratish va uni kalendar bilan integratsiya qilish funksiyasi qo‘shildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Telegram yangilandi: Fayllarni fon rejimida yuklash imkoni