"Dreame" kompaniyasi kamerasiz modulli smartfon prototipini taqdim etdi

"Dreamе" kompaniyasi Испанияда Аурора линиясидаги янги камерасиз модулли смартфон прототипини тақдим этди. Ушбу қурилма фойдаланувчиларга магнитли бириктиргич орқали турли модулларни улаш имконини беради. Янги модуллар орасида 1 дюймли сенсорга эга телеобъектив ва ҳаракатли камера мавжуд. Қурилманинг сотувга чиқиш вақти ҳақида ҳозирча маълумот йўқ.
Dreame kompaniyasi Ispaniyada bo'lib o'tgan taqdimotda Aurora liniyasidagi yangi smartfonlar prototiplarini namoyish etdi. Asosiy e'tibor g'ayrioddiy konsepsiyaga ega Aurora Nex LS1 texnologik flagmaniga qaratildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Qurilmaning asosiy xususiyati shundaki, uning o'zida asosiy kamera yo'q. Buning o'rniga foydalanuvchilar magnitli biriktirgich yordamida turli xil olinadigan modullarni ulashlari mumkin.

Kompaniya avvalroq kameralar to'plamiga ega tayanch blokni ko'rsatgan edi. Endi esa turli xil foydalanish ssenariylari uchun yanada ilg'or yechimlar taqdim etildi.
Yangi modullar orasida 1 dyuymli sensorga ega 115 millimetrli teleobyektiv va harakatli kamera mavjud. Shuningdek, ventilyatorli sovutish bloki hamda sun'iy yo'ldosh aloqasi moduli ham ishlab chiqilgan.
Qurilmaning qachon sotuvga chiqishi haqida hozircha aniq ma'lumot berilmagan.






























Izohlar 0
…