date

reMarkable kompaniyasi yangi Paper Pure planshetini taqdim etdi

reMarkable kompaniyasi yangi Paper Pure planshetini taqdim etdi

Rangli displeyli Paper Pro va Paper Pro Move modellaridan so‘ng, E Ink planshetlari ishlab chiqaruvchisi reMarkable o‘zining an’anaviy monoxrom qurilmalariga qaytdi. Yangi Paper Pure plansheti 399 dollar narxda sotuvga chiqdi va olti yillik tarixga ega reMarkable 2 modelining o‘rnini egalladi. Qurilma zamonaviy texnik xususiyatlar va yangilangan dasturiy ta’minot bilan jihozlangan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Yangi planshet 10,3 dyuymli ekranga ega bo‘lib, avvalgi modelga qaraganda kengroq dizaynga ega. Bu esa foydalanuvchilarga yozuvlar bilan ishlash va matn o‘qishda qulaylik yaratadi. Qurilma 32 GB xotira bilan ta’minlangan, bu avvalgisidan to‘rt barobar ko‘pdir. Shuningdek, u 360 gramm og‘irligi bilan oldingi modeldan 40 grammga yengilroq.

Paper Pure unumdorligi reMarkable 2’ga nisbatan 50 foizga oshgan, 3820 mAh sig‘imli batareyasi esa 30 foizga ko‘proq ishlash imkonini beradi. Qurilma Slack va Miro kabi hamkorlik vositalari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, qo‘lda yozilgan qaydlarni matnga o‘girish va ularni boshqalar bilan bo‘lishish imkonini beradi.

Norvegiyaning reMarkable kompaniyasi reMarkable 2 ishlab chiqarishni to‘xtatishini, ammo mavjud foydalanuvchilar uchun dasturiy yangilanishlarni davom ettirishini ma’lum qildi. Paper Pure uchun buyurtmalar qabul qilinmoqda va yetkazib berish iyun oyining boshidan boshlanishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » reMarkable kompaniyasi yangi Paper Pure planshetini taqdim etdi