Apple Siri funksiyalari bo‘yicha sud da’vosini hal qilish uchun 250 million dollar to‘laydi

1 daqiqa o'qish188
Apple Siri funksiyalari bo‘yicha sud da’vosini hal qilish uchun 250 million dollar to‘laydi

Apple kompaniyasi iPhone 16 taqdimotidan oldin sun’iy intellekt funksiyalarini noto‘g‘ri reklama qilganlikda ayblanib ochilgan sud ishini yopish uchun 250 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. Financial Times xabariga ko‘ra, da’vogarlar Apple kompaniyasini Apple Intelligence imkoniyatlarini, xususan, Siri yordamchisining yangilangan versiyasini bo‘rttirib ko‘rsatganlikda ayblashgan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Sudga kiritilgan shikoyatda aytilishicha, kompaniya foydalanuvchilarda ilg‘or sun’iy intellekt imkoniyatlari kutilganidan tezroq paydo bo‘lishi haqida noto‘g‘ri taassurot qoldirgan. Natijada, iPhone 15 yoki iPhone 16 xarid qilgan mijozlar sotib olish vaqtida mavjud bo‘lmagan texnologiyalar uchun pul to‘laganliklarini da’vo qilishgan.

Apple sud jarayonida aybini tan olmadi, biroq sudni davom yettirmaslik uchun kelishuvga yerishishni ma’qul ko‘rdi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, 2024-yil 10-iyundan 2025-yil 29-martgacha iPhone 15 yoki iPhone 16 sotib olgan AQShlik mijozlar har bir qurilma uchun 95 dollargacha tovon puli olishlari mumkin.

Apple 2024-yilda WWDC konferensiyasida Apple Intelligence tizimini taqdim yetganidan beri Siri’ning yanada aqlliroq versiyasini va’da qilib kelmoqda. Ushbu yangilanishlar Siri’ni ChatGPT yoki Claude kabi zamonaviy chatbotlar darajasiga olib chiqishi kutilmoqda.

Yangi tizim Google Gemini texnologiyasi bilan ishlashi mumkinligi haqida mish-mishlar mavjud, biroq so‘nggi xabarlarga ko‘ra, Apple foydalanuvchilarga turli xil uchinchi tomon yirik til modellarini tanlash imkonini berishi mumkin. Ushbu kelishuv Apple kompaniyasining 8-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan yillik dasturchilar konferensiyasi arafasida amalga oshirildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?