Apple nihoyat Siri ovozli yordamchisini yangiladi, ammo negadir bu shov-shuv uygʻotmadi

Apple ko'p martaba kechiktirilgan sun'iy intellekt imkoniyatlariga ega Siri'ni iyul oyida iOS 27 operatsion tizimining ommaviy sinov talqinida taqdim etdi. Yangilangan yordamchi shaxsiy kontekstni tushunadi, iPhone xotirasidagi suratlar, elektron pochta xabarlari, kontaktlar, matnli xabarlar va taqvimdagi uchrashuvlarni topadi, shuningdek savollarga dunyo miqyosidagi bilimlar asosida javob beradi.
Apple kompaniyasi koʻp martaba kechiktirilgan sunʼiy intellekt imkoniyatlariga ega Siri yordamchisini iyul oyida iOS 27 operatsion tizimining ommaviy sinov talqinida taqdim etdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, yangilangan ovozli yordamchi nihoyat shaxsiy kontekstni tushunish, savollarga dunyo miqyosidagi bilimlar asosida javob berish hamda iPhone xotirasidagi muhim maʼlumotlarni topib berish kabi vaʼda qilingan funksiyalarni toʻlaqonli bajara boshladi. Shunga qaramay, mazkur yangilik texnologiya olamida kutilgandek kuchli hayajon yoki shov-shuv uygʻotgani yoʻq. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Oradan oʻtgan oylar va yillar davomida sunʼiy intellekt sohasi juda katta tezlikda rivojlanib ketdi. Hozirgi kunga kelib ilgʻor sunʼiy intellekt vositalari dasturiy taʼminot yaratish, bir necha bosqichli murakkab vazifalarni bajarish, inson bilan birgalikda kompyuterda ishlash, fikrlash, tahlil qilish va kontent yaratish kabi yuqori darajadagi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Shunchaki funksional chat-bot yoki oddiy yordamchi boʻlish endilikda avvalgidek ulkan texnologik yutuq sifatida baholanmayapti.
Siri imkoniyatlari va yangi funksiyalar
Biroq bu Apple taqdim etgan yangi Siri foydasiz yoki qadrsiz degani emas. Kompaniya oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga toʻla erishdi. Foydalanuvchilar endi Siri bilan tabiiy tarzda, savol-javob shaklida muloqot qilishlari mumkin. Shuningdek, ovozli javoblar tezligi va ohangini oʻzgartirish sozlamalari ham qoʻshilgan. Istasangiz, yordamchi bilan matnli tarzda muloqot qilishingiz yoki maxsus ilova orqali avvalgi suhbatlarni esga olgan holda ishlashingiz mumkin.Yangilangan Siri egasining shaxsiy kontekstini chuqur tushunadi. U aniq qayerda saqlangani esda boʻlmagan suratlar, elektron pochta xabarlari, kontaktlar, matnli xabarlar yoki taqvimdagi uchrashuvlarni osongina topib beradi. Masalan, saqlangan oxirgi chekni topishni soʻrasangiz, yordamchi uning qayerdaligini soʻramasdan darhol topib koʻrsatadi. Shuningdek, surat koʻrinishidagi haydovchilik guvohnomasi raqami yoki veb-saytga oʻtish uchun skrinshot qilingan QR-kod kabi maʼlumotlarni ham oʻqiy oladi.
Kundalik vazifalardagi amaliy yordam
Yordamchi orqali veb-saytlarni ochish, marshrut tuzish, musiqa tinglash, suratlarni tahrirlash, xat qoralash va audioresurlarni ishga tushirish imkoniyatlari yaratilgan. Siri endi foydalanuvchi soʻragan qoʻshiq, podkast yoki audiobook'ni toʻgʻri va aniq tarzda kerakli ilovada ijro etadi. Garchi bu oddiy tuyulsa-da, avvallari ushbu jihatda muammolar kuzatilar edi.Taqdim etilgan imkoniyatlar qatoriga gʻoyalarni muhokama qilish, yangi mavzuni oʻrganish yoki muzlatkichdagi mavjud masalliqlar asosida taom tayyorlash retseptini topish ham kiradi. Shuningdek, sevimli guruhning konserti yoki maʼlum bir tadbir qachon boʻlib oʻtishini joylashuvga qarab aniq bilib olish mumkin. Kamera qismidan foydalangan holda esa atrof-muhitdagi narsalarni oʻrganish yoki doʻstlar bilan restoran hisob-kitobini boʻlishib olish ishlarini ham bajarish osonlashdi.






























Izohlar 0
…