date

Huawei Mate 90 smartfonlari ekran osti barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi

Huawei Mate 90 smartfonlari ekran osti barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi

Huawei kompaniyasi o‘zining navbatdagi flagman seriyasi bo‘lgan Huawei Mate 90 modellarida an’anaviy yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneridan voz kechishga qaror qildi. Kompaniya ushbu qurilmalarda yanada zamonaviyroq bo‘lgan ultratovushli datchik texnologiyasini joriy etish ustida ishlamoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

SmartPikachu insayderi tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilda taqdim etilishi kutilayotgan Huawei Mate 90 turkumidagi smartfonlar aynan shu ilg‘or yechim bilan jihozlanadi. Shu paytgacha Huawei ko‘plab avlod smartfonlarida barmoq izi skanerini quvvat tugmasiga integratsiya qilib kelayotgan edi.

Ultratovushli datchiklar yuqori chastotali tovush to‘lqinlari yordamida foydalanuvchi barmoq izining batafsil uch o‘lchamli tasvirini yaratadi. Bu texnologiya barmoqning barcha qirralari va teshikchalarini aniqroq qayd etish imkonini beradi, bu esa xavfsizlik darajasini sezilarli darajada oshiradi.

Shuningdek, Huawei Mate 90 Pro Max modeli haqidagi dastlabki ma’lumotlar smartfon 10 karrali periskopik kamera va qo‘shimcha teleobyektiv bilan jihozlanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. SmartPikachu avvalroq Xiaomi 13 Ultra va Xiaomi Pad 6 kabi qurilmalar haqida aniq ma’lumotlar bergani bilan tanilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Huawei Mate 90 smartfonlari ekran osti barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi