date

Gigabyte kompaniyasi o'ziga xos Aorus GeForce RTX 5090 Infinity 32G videokartasini taqdim etdi

Gigabyte kompaniyasi o'ziga xos Aorus GeForce RTX 5090 Infinity 32G videokartasini taqdim etdi

Gigabyte kompaniyasi o'zining eng noodatiy videokartasi hisoblangan Aorus GeForce RTX 5090 Infinity 32G modelini rasman namoyish qildi. Avvalroq uning tashqi ko'rinishi haqida ma'lumotlar berilgan bo'lsa, endilikda qurilmaning to'liq texnik imkoniyatlari va dizayni ochiqlandi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi videokarta o'zining g'ayrioddiy dizayni bilan ajralib turadi. Uning korpusida asosiy ventilyatorlar joylashgan ikkita yirik chiqiq mavjud bo'lib, ular Hawk Fan deb nomlanadi. Aslida esa qurilmada uchta ventilyator bor: uchinchi kichik ventilyator bevosita GPU bilan kontaktda bo'lgan bug'lanish kamerasini sovutish uchun mo'ljallangan. Ushbu sovutish tizimi WindForce HyperBurst deb ataladi.

Texnik jihatdan videokarta 2730 MGts gacha bo'lgan GPU chastotasi va 32 GB xotira bilan jihozlangan. Qurilmaning o'lchamlari 330 x 145 x 65 mm ni tashkil etadi. Shuningdek, model RGB Halo yoritish tizimiga ega.

Hozircha ishlab chiqaruvchi videokartaning aniq narxi va sotuvga chiqish sanasi haqida ma'lumot bermadi. Shuningdek, quvvat tizimi va plata tuzilishi bo'yicha tafsilotlar ham sir tutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Gigabyte kompaniyasi o'ziga xos Aorus GeForce RTX 5090 Infinity 32G videokartasini taqdim etdi