Zamonaviy oʻyinlarda 4 GB xotiraga ega videokartalar imkoniyatlari sinovdan oʻtdi

Tom's Hardware sinovlariga ko'ra, 4 GB video xotiraga ega videokartalar zamonaviy o'yinlarda to'g'ri grafik sozlamalari tanlansa, qoniqarli natija bera oladi. Fortnite, Apex Legends va Counter-Strike 2 o'yinlarida Radeon RX 6500 XT GeForce GTX 1650 Super'dan sezilarli darajada tezroq ishlagan, ammo Cyberpunk 2077'da natija aksincha bo'lgan.
Soʻnggi yillarda kompyuter oʻyinlari talablari keskin oshib borayotgan bir vaqtda, videokartaning tezkor xotira hajmi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tom’s Hardware nashri mutaxassislari 4 GB video xotiraga ega boʻlgan qurilmalar bugungi kunda qanday natija koʻrsatishini aniqlash maqsadida maxsus amaliy sinovlarni amalga oshirishdi. Ushbu tadqiqot cheklangan imkoniyatlarga ega GPU'lar zamonaviy loyihalarni qanday bajara olishini tushunish uchun muhim qadam boʻldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Maʼlumki, yaqinda 4 GB xotiraga ega Radeon RX 9050 4GB videokartasi eʼlon qilingan edi. Biroq ushbu model erkin chakana savdoga moʻljallanmagan boʻlib, test uchun uning oʻrniga oʻz davrining taniqli modellari — GeForce GTX 1650 Super hamda Radeon RX 6500 XT tanlab olindi. Mualliflar keng qamrovli tahlil oʻtkazmagan boʻlsada, bir nechta mashhur kibersport oʻyinlari va talabchan Cyberpunk 2077 loyihasini sinovdan oʻtkazishdi.
Sinxron testlar va oʻyinlar natijalari
Oʻtkazilgan sinovlarga koʻra, Fortnite, Apex Legends va Counter-Strike 2 kabi ommaviy onlayn oʻyinlarda AMD videokartasi raqibi GeForce GTX 1650 Superʼdan sezilarli darajada tezroq ekanligini koʻrsatdi. Biroq grafika borasida oʻta talabchan hisoblangan Cyberpunk 2077 loyihasida vaziyat keskin oʻzgarib, natijalar teskari koʻrinish oldi.Ekspertlar shunchaki oʻyinlarni ishga tushirib qolmasdan, balki har bir model uchun optimal grafik sozlamalarini tanlab, HWiNFO64 dasturi yordamida xotira isteʼmoli darajasini ham aniq oʻlchab borishdi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, kichik hajmli xotiraga ega kartalar ham toʻgʻri yondashuvda qoniqarli natija bera oladi.
Grafik sozlamalar va xotira isteʼmoli
Xususan, Fortnite oʻyinida Full HD formatida XeSS Quality kiritish texnologiyasi va oʻrtacha grafik sozlamalari yoqilganda, unumdorlik yaxshi darajada saqlangan va xotira isteʼmoli 4 GB dan birozgina oshgan xolos. Apex Legends loyihasida ham shunga oʻxshash holat kuzatilib, bunda hech qanday upskeylerlarsiz ham yuqori sozlamalardan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlgan va xotira sarfi 4 GB dan biroz kamroqni tashkil etgan.Biroq Cyberpunk 2077 oʻyinida mutaxassislar past grafik sozlamalari hamda XeSS 2.0 Balanced rejimidan foydalanishga majbur boʻlishdi. Shuning oʻzida ham ikkala videokartada xotira isteʼmoli 5 GB dan oshib ketdi. Shunga qaramay, sinov mualliflari oʻyin jarayoni umumiy olganda qulay kechganini alohida taʼkidlashdi.
Mutaxassislarning fikricha, oʻtkazilgan ushbu testlar yangi Radeon RX 6500 XT yoki boshqa shunga oʻxshash modellarning imkoniyatlarini toʻliq koʻrsatib berolmaydi, chunki yangi avlod GPU'lari ancha kuchliroq arxitekturaga ega. Shunga qaramay, 4 GB hajmga ega xotira kelgusida zamonaviy oʻyinlar uchun asosiy cheklovchi omil boʻlib qolaverishi aniq.






























Izohlar 0
…