Amerikaning Tesla avtomobil ishlab chiqaruvchisi Xitoyning Guandun viloyatida o‘z mablag‘lari hisobidan zavod qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Nanfan dushi" gazetasiga tayanib "Kun.uz" xabar berdi.
"Korxona joylashadigan joy tanlab bo‘lindi, loyiha esa hokimiyat tomonidan tasdiqlanishi kerak, xolos. Agarda bu amalga oshsa, Tesla o‘z rejalari haqida joriy yildayoq ma’lum qilishi mumkin", - deb yozadi nashr.
"Tesla mahsulotidan kelajakda kamroq yig‘imlar olinadi, shuningdek kompaniya Guandun viloyati hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi", - deya yozdi "Nanfan dushi". Sarmoyalar hajmi, uni amalga oshirish muddati va loyiha boshqa tafsilotlari noma’lum.
Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilning birinchi choragida kompaniya 25 ming dona avtomobil sotgan, ularning 13 mingtasi Model S sedani va 12 mingtasi Model X yo‘ltanlamaslaridan iborat.
Ma’lumot uchun, 2003 yilda tashkil etilgan Tesla elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2016 yil yakunlariga ko‘ra kompaniya 7 milliard dollar daromad olgan bo‘lsa, zarar miqdori 773 mln. dollarga teng bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi