Rossiyada ilk xususiy kosmodrom qurilishi rejalashtirilmoqda

1 daqiqa o'qish249
Rossiyada ilk xususiy kosmodrom qurilishi rejalashtirilmoqda

Space Energy kompaniyasi Primorye oʻlkasida Rossiyadagi ilk xususiy kosmodromni barpo etishni maqsad qilgan. «Primorskiy» deb nomlangan ushbu loyiha asosan kichik kosmik apparatlarni tijoriy maqsadlarda uchirishga moʻljallangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi majmua kichik raketa-tashuvchilar, shuningdek, suborbital, ilmiy va texnologik missiyalarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Loyiha mualliflarining rejasiga koʻra, kosmodrom yiliga 50 tagacha parvozni amalga oshirish quvvatiga ega boʻladi.

Xususiy maydonchaning asosiy afzalligi — moslashuvchanlik va mustaqillikdir. Davlat kosmodromlaridan farqli oʻlaroq, bu yerda jarayonlar tezlashadi, xarajatlar qisqaradi hamda ortiqcha byurokratik kelishuvlar kamayadi.

Primorye oʻlkasining geografik joylashuvi ham muhim ahamiyatga ega. Bu hudud apparatlarni quyosh-sinxron va qutb orbitasiga chiqarish uchun qulay trayektoriyalarni taʼminlaydi, shuningdek, raketa bosqichlarining dengiz ustiga xavfsiz tushishini kafolatlaydi.

Space Energy kompaniyasi oʻz arsenalida «Orbita» va «Yasen» oʻta yengil raketa-tashuvchilari hamda «Kamchatka» suborbital raketasiga ega. Joriy yilda «Kamchatka-1» raketasining ilk parvozini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?