Huawei va Midea HarmonyOS asosidagi ilk aqlli konditsionerlarni taqdim etdi

1 daqiqa o'qish253
Huawei va Midea HarmonyOS asosidagi ilk aqlli konditsionerlarni taqdim etdi

Xitoyda Huawei va Midea kompaniyalari hamkorligida HarmonyOS operatsion tizimida ishlovchi dunyodagi ilk aqlli konditsionerlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi turkumdagi Midea Air Conditioner Pro va Midea All-in-One Wind Pro modellari Xitoy bozorida mos ravishda 5399 va 7699 yuan narxida sotuvga chiqarildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Midea Air Conditioner Pro modelining asosiy afzalligi HarmonyOS ekotizimi bilan chuqur integratsiyalashganidir. Huawei vakili Yu Chengdong kompaniyalar kelgusida chiplar, operatsion tizimlar va aqlli uy texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Midea muhandislari xonadagi havo sifatiga alohida e’tibor qaratishgan. Konditsioner "Dual 37" tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u 37 dB dan past shovqin darajasida soatiga 37 kub metrdan ortiq havo almashinuvini ta’minlaydi. O‘rnatilgan CO2 datchigi esa real vaqt rejimida xonadagi karbonat angidrid miqdorini nazorat qilib, derazalar yopiq bo‘lganda ham uni 1000 ppm darajasidan pastda ushlab turadi.

Taqdimot davomida konditsionerlardan tashqari Meipont Wind God Eye True Fresh Air System va Floor Standing Air System ventilyatsiya tizimlari ham namoyish etildi. Hozirda ushbu qurilmalar HarmonyOS Smart Home do‘konlari va Huawei brendiga tegishli maishiy texnika bo‘limlarida sotuvga chiqarilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?