Yangi Pro Max flagmanining texnik xususiyatlari oshkor etildi

1 daqiqa o'qish177
Yangi Pro Max flagmanining texnik xususiyatlari oshkor etildi

Taniqli insayder Digital Chat Station Pro Max nomli yangi flagman smartfonning texnik xususiyatlari haqida maʼlumot berdi. Qurilma 1/1,3 dyuymli yirik sensorga ega 200 MP asosiy kamera hamda 1/1,28 dyuymli sensorli 200 MP periskopik modul bilan jihozlanishi kutilmoqda. Shuningdek, smartfonga 3 MP li multispektral datchik ham oʻrnatilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Smartfonning apparat taʼminoti uchun 2 nm texnologik jarayon asosida ishlab chiqarilgan yangi MediaTek Dimensity protsessori javob beradi. Displey borasida ikkita variant koʻrib chiqilmoqda: 2K piksellar sigʻimiga ega 6,89 dyuymli LTPO ekran yoki 1,5K sifatli 6,78 dyuymli ixchamroq panel.

Hozirgi vaqtda ayrim texnik jihatlar, jumladan, ultra keng burchakli kamera tanlovi AB-test jarayonida turibdi. Kompaniya 200 MP li yirik sensor va 50 MP li oddiyroq variant oʻrtasida yakuniy qarorga kelishi kerak. Eslatib oʻtamiz, Digital Chat Station avvalroq Xiaomi 15, Xiaomi 15 Pro va Realme GT 7 Pro haqidagi maʼlumotlarni toʻgʻri bashorat qilgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?