General Motors sunʼiy intellekt mutaxassislarini yollash uchun IT xodimlarini ishdan boʻshatdi

1 daqiqa o'qish344
General Motors sunʼiy intellekt mutaxassislarini yollash uchun IT xodimlarini ishdan boʻshatdi

General Motors kompaniyasi o‘zining IT bo‘limidagi xodimlarning 10 foizdan ortig‘ini, yani taxminan 600 nafar mutaxassisni ishdan bo‘shatdi. Ushbu qaror kompaniyaning sun’iy intellekt (AI) sohasidagi salohiyatini oshirishga qaratilgan strategik o‘zgarishlar doirasida amalga oshirildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, ushbu qisqartirishlar shunchaki xodimlar sonini kamaytirish emas, balki IT bo‘limini kelajak talablariga moslashtirish maqsadida qilingan. GM hozirda sun’iy intellekt, ma’lumotlar muhandisligi, bulutli texnologiyalar va model ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilimga ega mutaxassislarni faol ravishda izlamoqda.

GM endilikda AI vositalaridan foydalanuvchi xodimlardan ko‘ra, tizimlarni noldan loyihalashtira oladigan, modellarni o‘qitadigan va murakkab AI ish jarayonlarini yarata oladigan muhandislarga ustunlik bermoqda. Bu o‘zgarishlar kompaniyaning avtonom transport vositalari va dasturiy ta’minot sohasidagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

So‘nggi oylarda kompaniya Apple va Kruise kabi yirik texnologik korxonalardan tajribali mutaxassislarni jalb qildi. Ushbu qayta tashkil etish jarayoni yirik korxonalarning sun’iy intellektni joriy etishda shunchaki yangi vositalarni qo‘shish bilan cheklanmay, butun ishchi kuchini tubdan yangilashga o‘tayotganini ko‘rsatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?