Meta kompaniyasi sunʼiy intellekt yordamida yangi ilovalar yaratishni tezlashtirmoqda

Meta korporatsiyasi sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yangi ilovalarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirdi. Kompaniya rahbari Mark Zukerberg ikkinchi chorak yakunlari bo'yicha investorlar bilan o'tkazilgan uchrashuvda yirik til modellari dasturiy ta'minotni tezroq tayyorlash imkonini berayotganini ta'kidladi.
Meta korporatsiyasi sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yangi ilovalarni ishlab chiqish va bozorga chiqarish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirdi. Kompaniya rahbari Mark Zukerbergning maʼlum qilishicha, yaqin kelajakda foydalanuvchilar eʼtiboriga yana koʻplab yangi raqamli mahsulotlar taqdim etiladi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, ikkinchi chorak yakunlari boʻyicha investorlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Zukerberg sunʼiy intellekt mahsulotlarni yaratish tezligini oshirayotganini alohida taʼkidladi. Kompaniyaning taʼkidlashicha, yirik til modellari (LLM) dasturiy taʼminotni tezroq tayyorlash va yangi gʻoyalarni qisqa fursatlarda sinovdan oʻtkazish imkonini bermoqda.
Yangi ilovalar va oʻtmishdagi tajribalar
Joriy yilda Meta bir qator yangi loyihalarni, jumladan, Instagram Instants, Facebook Groups asosida yaratilgan Forum ilovasi hamda Marketplace sotuvchilari uchun moʻljallangan Seller dasturini taqdim etdi. Shuningdek, suratlar almashishga moʻljallangan yangi Instagram ilovasi va sunʼiy intellekt yordamida ertaklar yaratish eksperimenti ham sinovdan oʻtkazilmoqda.Maʼlumot uchun, Meta avvallari ham mustaqil ilovalar yaratish borasida koʻp bor urinishlar qilgan. Kompaniya Creative Labs deb nomlangan ichki inkubator orqali Slingshot, Rooms, Paper, Moments va Riff kabi ilovalarni chiqargan, biroq ular ommalashmagach, 2015-yilda yopilgan edi. 2020-yillarning boshida esa NPE Team guruhi orqali Bump, Aux, Spark va Tuned kabi oʻnlab ilovalar sinab koʻrilgan, ammo ularning ham taqdiri shunday yakunlangan edi.
Sunʼiy intellekt va tavsiya tizimlarining roli
Hozirgi kunda sunʼiy intellekt Meta uchun tub burilish yasamoqda. Kompaniya hozircha Threads ilovasi timsolida muvaffaqiyatga erishdi — ushbu platformaning oylik faol foydalanuvchilari soni 500 million nafarga yetdi. Mark Zukerberg kelgusida Threads kompaniyaning yana bir milliarddan ortiq foydalanuvchiga ega ilovasiga aylanishiga umid qilmoqda.Threads muvaffaqiyatida Meta oʻzining mavjud bazasiga tayanib, yangi ilovani Facebook va Instagram orqali faol targʻib qilgani muhim rol oʻynadi. Shuning bilan birga, sunʼiy intellektga asoslangan kontent tavsiya tizimlari ham ushbu oʻsishda katta ahamiyat kasb etib, platformaning samaradorligini oshirmoqda.
Zukerbergning taʼkidlashicha, sunʼiy intellekt asosiy biznes jarayonlarini yaxshilabgina qolmay, ilovalarni yanada foydali va qiziqarli qilmoqda. Kompaniya yaqin orada yanada innovatsion mahsulotlarni taqdim etishni rejalashtirmoqda va tavsiya tizimlari yordamida ularning koʻlamini kengaytirmoqdi.






























Izohlar 0
…