Janubiy Koreyada sunʼiy intellekt daromadlarini aholi bilan boʻlishish taklif qilindi

1 daqiqa o'qish125
Janubiy Koreyada sunʼiy intellekt daromadlarini aholi bilan boʻlishish taklif qilindi

Janubiy Koreyada sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari rivoji ortidan kelayotgan qoʻshimcha soliq tushumlarini fuqarolarga «dividend» sifatida taqsimlash masalasi muhokama qilinmoqda. Ushbu tashabbus bilan prezidentning siyosiy shtab rahbari Kim Yon-bom chiqdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kim Yon-bomning taʼkidlashicha, hukumat AI sohasidan katta foyda koʻrayotgan kompaniyalardan olinadigan qoʻshimcha soliqlar hisobiga aholini qoʻllab-quvvatlashi mumkin. U biznes uchun yangi soliqlar joriy etilmasligini, balki mavjud byudjet mablagʻlarini qayta taqsimlash nazarda tutilayotganini alohida qayd etdi.

Ushbu bayonot fond bozorida qisqa muddatli sarosimaga sabab boʻldi. Xususan, Samsung Electronics va SK Hynix aksiyalari 2–2,5 foizga arzonlashdi. Biroq, bu shaxsiy tashabbus ekani va hukumat darajasida rasmiy qaror qabul qilinmagani maʼlum boʻlgach, vaziyat barqarorlashdi.

Tahlilchilarning fikricha, AI infratuzilmasiga boʻlgan talab ortishi Samsung va SK Hynix kompaniyalariga rekord darajadagi foyda keltirishi kutilmoqda. Davlat esa ushbu mablagʻlarni taʼlim, yoshlar va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda pensiya dasturlarini moliyalashtirish uchun maxsus jamgʻarmaga yoʻnaltirishni taklif qilmoqda.

Mazkur yondashuv AI iqtisodiyotiga yangicha qarashni anglatadi. Agar sunʼiy intellekt yirik korporatsiyalarga oʻta yuqori daromad keltirsa, jamiyat ham davlat dasturlari orqali ushbu muvaffaqiyatdan oʻz ulushini olishi kerak, degan gʻoya ilgari surilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?