date

AQShning yirik aloqa operatorlari «oʻlik zonalarni» yoʻq qilish uchun birlashmoqda

AQShning yirik aloqa operatorlari «oʻlik zonalarni» yoʻq qilish uchun birlashmoqda

AQShning yetakchi aloqa operatorlari AT&T, T-Mobile va Verizon mamlakat hududidagi mobil aloqa qamrovi mavjud boʻlmagan «oʻlik zonalarni» bartaraf etish maqsadida qoʻshma korxona tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishdi. Loyiha, ayniqsa, qishloq va aholi kam yashaydigan hududlarda barqaror aloqani taʼminlashga qaratilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tashabbus doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri sunʼiy yoʻldosh aloqasi (DSS) texnologiyasidan foydalaniladi. Bu tizim yer usti minoralariga ehtiyoj sezmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri orbital sunʼiy yoʻldoshlar orqali maʼlumot uzatish imkonini beradi. Shuningdek, kompaniyalar ushbu texnologiya orqali tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarda tarmoq uzilishlarining oldini olishni maqsad qilgan.

Ushbu hamkorlik mavjud shartnomalarni bekor qilmaydi. T-Mobile kompaniyasining Starlink bilan, AT&T va Verizonʼning esa AST SpaceMobile, Amazon Leo hamda Skylo bilan boʻlgan kelishuvlari oʻz kuchida qoladi. Yangi tuzilma operatorlar uchun yagona texnik standartlarni ishlab chiqish va sunʼiy yoʻldosh provayderlari bilan ishlash jarayonini soddalashtirishga xizmat qiladi.

AT&T bosh direktori Jon Stanki loyihaning asosiy maqsadi foydalanuvchilar qayerda boʻlishidan qatʼi nazar — qishloq yoʻllarida, milliy bogʻlarda yoki dengizda boʻlsin, uzluksiz aloqa bilan taʼminlash ekanligini taʼkidladi. Har bir operator oʻz xizmatlari uchun narx siyosiy siyosat va tarif rejalarini mustaqil belgilash huquqini saqlab qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » AQShning yirik aloqa operatorlari «oʻlik zonalarni» yoʻq qilish uchun birlashmoqda