date

Portlashdan bir necha soniya oldin: SpaceX Starship V3 qoʻnishidan kadrlar

Portlashdan bir necha soniya oldin: SpaceX Starship V3 qoʻnishidan kadrlar

Starship V3 oʻta ogʻir raketa tashuvchisining ilk parvozidan bir kun oʻtib, SpaceX kompaniyasi parvozning asosiy lahzalari aks etgan yuqori sifatli fotosuratlarni eʼlon qildi. Taqdim etilgan suratlarda kema Hind okeaniga qoʻnishidan bir necha soniya oldingi holati muhrlangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Eslatib oʻtamiz, kema belgilangan nuqtaga muvaffaqiyatli yetib kelgan, biroq suvga qoʻngach, yon tomoniga agʻdarilib portlab ketgan edi. Shuningdek, SpaceX yangilangan Raptor 3 dvigatellari hamda Starship S39 va Super Heavy B19 qurilmalarining "qanotlari"dan olingan suratlarni ham ulashdi.

Kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, Starship va Super Heavy V3 bortiga oʻrnatilgan modernizatsiya qilingan kameralar parvozning har bir bosqichini Starlink tizimi orqali 4K formatida uzatish imkoniyatiga ega. Bu esa tadqiqotchilarga parvoz jarayonini misli koʻrilmagan aniqlikda kuzatish imkonini beradi.

Starship loyihasining 12-sinov parvozi va Starship V3 uchun debyut missiyasi qisman muvaffaqiyatli deb topildi. Biroq, FAA (AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi) Super Heavy tezlatkichining boʻlaklari "xavfli hududga" tushganini maʼlum qilib, hodisa yuzasidan oʻz xavotirlarini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Portlashdan bir necha soniya oldin: SpaceX Starship V3 qoʻnishidan kadrlar