date

Yandex Disk endi pullik: 3-iyundan kompyuterlar uchun yangi cheklovlar kuchga kiradi

Yandex Disk endi pullik: 3-iyundan kompyuterlar uchun yangi cheklovlar kuchga kiradi

«Yandex 360» jamoasi 3-iyundan boshlab «Yandex Disk» xizmatining ishlash modeliga oʻzgartirish kiritilishini eʼlon qildi. Endilikda shaxsiy kompyuterlar uchun moʻljallangan ilovadagi bulutli funksiyalar faqat pullik obuna asosida taqdim etiladi. Pullik tarifga ega boʻlmagan foydalanuvchilar kompyuter dasturi orqali bulutdagi fayllar bilan operatsiyalarni bajara olmaydilar. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu oʻzgarishlarga qaramay, foydalanuvchilarning maʼlumotlari oʻchib ketmaydi. Barcha fayllar bulutli xotirada saqlanib qoladi va ularga veb-brauzer hamda mobil ilova orqali bepul kirish imkoniyati saqlanib qoladi. Kompyuter ilovasida esa obunasiz faqat avvaldan qurilmaga yuklab olingan fayllar bilan ishlash mumkin boʻladi.

Kompaniya ushbu qarorni tizimga tushayotgan yuklamaning ortishi bilan izohladi. Maʼlum qilinishicha, desktop ilovasi orqali yirik hajmli fayllar bilan ishlash koʻpaygan va bu qoʻshimcha resurslarni talab qilmoqda. Obuna modeliga oʻtish servis barqarorligini taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlangan.

«Yandex Disk»ning bepul versiyasi brauzer va mobil qurilmalarda oʻzgarishsiz qoladi. Pullik obuna esa foydalanuvchilarga kengaytirilgan xotira hajmi, sunʼiy intellekt (AI) funksiyalari va «Yandex 360» ekotizimining boshqa imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yandex Disk endi pullik: 3-iyundan kompyuterlar uchun yangi cheklovlar kuchga kiradi