Startup Battlefield 200 uchun arizalar qabul qilinishi yakunlanmoqda

Venchur investorlari bilan aloqa oʻrnatish, global miqyosda tanilish, TechCrunch nashrida yoritilish va 100 000 dollar miqdoridagi begʻaraz moliyalashtirishga ega boʻlish imkoniyati tugashiga bor-yoʻgʻi bir hafta qoldi. Startup Battlefield 200 tanlovi uchun arizalar 27-may kuni yopiladi. Agar siz istiqbolli startap ustida ishlayotgan boʻlsangiz yoki shunday asoschini tanisangiz, hozir harakat qilishning ayni vaqti. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Bugun ariza topshirib, 2026-yil 13-15-oktabr kunlari boʻlib oʻtadigan TechCrunch Disrupt anjumanida dunyoning eng kuchli 200 ta erta bosqichdagi startaplari qatorida sahnaga chiqish imkoniyatini qoʻlga kiriting. Pre-Series A bosqichidagi asoschilar uchun bu soʻnggi eslatma: eng kuchli jamoalar allaqachon maydonga tushishgan va vaqt tobora kamayib bormoqda. Agar startapingiz nomzodi koʻrsatilgan boʻlsa, arizani toʻldirishni oxirgi daqiqaga qoldirmang.
Texnologiya tarixidagi eng nufuzli kompaniyalarning koʻpchiligi faoliyatini shov-shuvli investitsiya eʼlonlari bilan boshlamagan. Hammasi oddiy pitchdan boshlangan. Masalan, Dropbox oʻz loyihasini shubha bilan qaragan auditoriya oldida namoyish etgan, Cloudflare esa hali koʻpchilik "edge networking" nimaligini tushunmasidan oldin sahnaga chiqqan. Discord esa oʻsha paytlarda Hammer & Chisel deb nomlangan kichik startap edi.
Ularning barchasi Startup Battlefield 200 bosqichidan oʻtgan va bu shunchaki tasodif emas, balki muvaffaqiyat qonuniyatidir. Ushbu tanlov eng mukammal kompaniyalar uchun emas, balki eng istiqbolli gʻoyalar uchun tashkil etilgan. Loyihangiz hali ishga tushmagan yoki daromad keltirmayotgan boʻlishi mumkin — asosiysi, siz yaratayotgan mahsulot sohani tubdan oʻzgartira olishidir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!