Roberto Karlos Islomni qabul qildimi? Futbol afsonasi haqida kutilmagan xabar tarqaldi

1 daqiqa o'qish521
Roberto Karlos Islomni qabul qildimi? Futbol afsonasi haqida kutilmagan xabar tarqaldi

Braziliya futboli afsonasi, “Real”ning sobiq himoyachisi Roberto Karlos Islom dinini qabul qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq futbolchining o‘zi bu ma’lumotni hozircha rasman tasdiqlamagan.

Turkiya parlamenti deputati Ali Shahinning aytishicha, Braziliya musulmonlari jamoasi vakili shayx Jihod Hammadex unga bu haqda ma’lum qilgan.

Shayxning so‘zlariga ko‘ra, Roberto Karlos taxminan to‘rt hafta avval uning huzuriga kelib, kalimai shahodat keltirgan.

Ammo hozircha bu ma’lumot faqat boshqa shaxslarning bayonotlariga asoslangan. Roberto Karlosning o‘zidan rasmiy tasdiq yo‘q. 53 yoshli Roberto Karlos Braziliya terma jamoasi bilan 2002-yilgi Jahon chempioni bo‘lgan.

U “Real Madrid” safida:

3 marta Chempionlar ligasida;

4 marta Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan.

Shuningdek, afsonaviy himoyachi Turkiyaning “Fenerbahche” va Rossiyaning “Anji” klublarida ham faoliyat yuritgan.

Roberto Karlosning Islomni qabul qilgani haqidagi xabar rasmiy tasdiqlanmagani sababli uni hozircha tasdiqlangan fakt sifatida qabul qilishga shoshilmaslik kerak.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?