Onlayn reklama va e’lon joylashtirish xizmatlari bozorida OLX rasman ustun platforma sifatida tan olindi

Onlayn reklama va e’lon joylashtirish xizmatlari bozorida OLX rasman ustun platforma sifatida tan olindi

Raqobat qo‘mitasi onlayn reklama va e’lon joylashtirish xizmatlari bozorida OLX platformasi ustun mavqega ega ekanini e’tirof etdi.

Qo‘mitaning tegishli buyrug‘iga asosan, "OLX Classifieds" MCHJ XK raqamli platforma operatori sifatida ustun mavqega ega deb topilgan.

Ma’lum qilinishicha, OLX faoliyatida raqobat qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida majburiy tartibda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, kompaniya faoliyati bo‘yicha tegishli tartibda doimiy monitoring olib borilishi belgilangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar