date

Max Rossiyada Telegram va WhatsAppʻni ortda qoldirib, yetakchiga aylandi

Max Rossiyada Telegram va WhatsAppʻni ortda qoldirib, yetakchiga aylandi

Rossiya bozorida messenjerlar oʻrtasidagi raqobatda kutilmagan oʻzgarish yuz berdi. Max messenjeri ilk bor kunlik oʻrtacha auditoriya boʻyicha Telegram va WhatsAppʻni ortda qoldirib, mamlakatdagi eng ommabop servisga aylandi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Aprel oyi yakunlariga koʻra, 12 yoshdan yuqori boʻlgan 68 millionga yaqin foydalanuvchi har kuni Max xizmatidan foydalangan. Bu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 10,6 foizga oʻsganini anglatadi. Shu bilan birga, Telegram kunlik 50,3 million foydalanuvchi bilan ikkinchi oʻringa tushib ketdi va bir oy ichida oʻz auditoriyasining qariyb 30 foizini yoʻqotdi.

WhatsApp messenjeri esa 29,8 million foydalanuvchi bilan uchinchi pogʻonani egalladi. Biroq, oylik umumiy qamrov boʻyicha Telegram hali ham yetakchilikni saqlab turibdi (88 million foydalanuvchi). Max (85,4 million) va WhatsApp (71,7 million) keyingi oʻrinlarda bormoqda.

Max kompaniyasining oʻz maʼlumotlariga koʻra, Mediascope statistikasi hisobga olmagan foydalanuvchilar bilan birga, amaldagi kunlik auditoriya allaqachon 85 million kishiga yetgan. Ushbu oʻsish boshqa xorijiy messenjerlarga nisbatan oʻrnatilgan cheklovlar fonida yuz bermoqda.

Shunga qaramay, Telegram Rossiyada reklama bozori uchun asosiy maydon boʻlib qolmoqda. Hozirda inflyuens-marketing bozorining qariyb 50 foizi aynan ushbu platforma hissasiga toʻgʻri keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Max Rossiyada Telegram va WhatsAppʻni ortda qoldirib, yetakchiga aylandi