
10 iyun 2015, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline Beeline Business va Radisson Blu Hotel mehmonxonasi o‘rtasida hamkorlikning kengaytirilishi haqida xabar beradi.
«Biz Beeline bilan 2013 yildan beri hamkorlikni amalga oshirmoqdamiz, – deb izoh beradi Radisson Blu Hotel bosh menedjeri Axmet Dogangun, – va bu yili, xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasiga hamda bozor innovasion etakchisi maqomiga qiziqish bildirgan holda, biz o‘z kelishuvlarimizni kengaytirdik».
Yangi kelishuvlar doirasida uyali va qaydlangan aloqaning raqamli hajmi ahamiyatli ravishda ko‘paytirildi.
Unitel ning tijorat direktori Maksim Efremov: «Biz xizmatlarimizning sifatiga hamda ishonchliligiga juda katta e’tibor qaratamiz, va biz quvonch bilan shuni ta’kidlab o‘tamizki, turlidan-turli sohalar va yo‘nalishlarni taqdim qiladigan kompaniyalarning aksariyati Beeline Business ni afzal ko‘rmoqdalar. Radisson bilan bizni mustahkam sheriklik munosabatlari bog‘lab turibdi, va biz ularning kelgusida yana rivojlanishiga ishonch bildiramiz». “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar