GM sunʼiy intellekt maʼlumotlar markazlari uchun batareyalar ishlab chiqaradi

1 daqiqa o'qish130
GM sunʼiy intellekt maʼlumotlar markazlari uchun batareyalar ishlab chiqaradi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • GM kompaniyasi energiya saqlash tizimlari bozoriga kirish bo'yicha ulkan rejalarini e'lon qildi va Peak Energy startapi bilan hamkorlikda yirik tarmoqlar uchun mo'ljallangan natriy-ionli batareya kimyosini ishlab chiqmoqda.
  • Hozircha Xitoydan tashqarida birorta ham avtomobil ishlab chiqaruvchisi natriy-ionli elementlarni ishlab chiqarish rejalarini e'lon qilmagan edi.

Sunʼiy intellekt maʼlumotlar markazlarini energiya bilan taʼminlash poygasi kutilmagan sohalarga, jumladan, avtomobilsozlik dunyosiga ham kirib bordi. GM kompaniyasi energiya saqlash tizimlari (ESS) bozoriga kirish boʻyicha oʻzining ulkan rejalarini eʼlon qildi. Kompaniya bu borada Peak Energy startapi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, aynan yirik tarmoqlar uchun moʻljallangan yangi natriy-ionli batareya kimyosini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Hozircha Xitoydan tashqarida birorta ham avtomobil ishlab chiqaruvchisi natriy-ionli elementlarni ishlab chiqarish rejalarini eʼlon qilmagan edi. GM kompaniyasining batareyalar va barqarorlik boʻyicha vitse-prezidenti Kurt Kelty TechCrunch nashriga bergan intervyusida, ushbu bozorga kirishning eng qulay yoʻli aynan ESS ekanligini va uning ishlash xususiyatlari bozor talablariga toʻliq javob berishini taʼkidladi.

GM ushbu loyihaga qancha mablagʻ sarflayotganini ochiqlamagan boʻlsa-da, kompaniya yangi batareya kimyolarini tijoratlashtirish uchun 900 million dollar ajratgani maʼlum. Natriy-ionli batareyalar litiy-ionli analoglariga qaraganda arzonroq, chidamliroq va qizib ketishga kamroq moyil hisoblanadi. Ularning asosiy kamchiligi — bir xil miqdordagi energiyani saqlash uchun kattaroq hajmdagi va ogʻirroq korpus talab qilinishidir.

Peak Energy allaqachon natriy-ionli batareyalardan foydalanadigan tizimlar ustida ishlamoqda. Ushbu batareyalar qizib ketish xavfi pastligi sababli, ularda murakkab sovutish yoki yongʻinga qarshi tizimlar talab etilmaydi. Bu esa nafaqat boshlangʻich xarajatlarni kamaytiradi, balki kelajakdagi texnik xizmat koʻrsatish xarajatlarini ham bartaraf etadi. GM ushbu elementlarni ishlab chiqarib, startapga sotishni rejalashtirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?