RB Leipzig rasmiysi Yan Diomandening transferi haqidagi xabarlarni rad etdi

RB Leipzig ijrochi direktori Marsel Shefer Yan Diomandening Real Madridga transferi bo'yicha yakuniy kelishuvga erishilmaganini ma'lum qildi. OAVda bitim qiymati 132 million yevro, jumladan 122 million yevro kafolatlangan to'lov va 10 million yevro bonusdan iborat ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bundeskaning yetakchi klublaridan biri boʻlgan RB Leipzig rahbariyati jamoaning yosh iqtidori Yan Diomandening Real Madridga oʻtishi haq tarqalgan xabarlarga keskin munosabat bildirdi. Sky Germany nashri maʼlumotiga koʻra, klub direktori Marsel Shefer matbuotda shov-shuv keltirib chiqargan kelishuv haqidagi daʼvolarni qatʼiyan rad etib, muzokaralar yakuniga yetmaganini maʼlum qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Transfer borasidagi ziddiyat va tarmoqdagi mish-mishlar
Soʻnggi haftalarda 19 yoshli kotd-divuarlik qanot hujumchisi Yevropaning eng koʻp muhokama qilinayotgan yosh futbolchilaridan biriga aylandi. Koʻplab OAV va mashhur sport jurnalistlari, jumladan Fabrizio Romano futbolchining Madrid klubiga rekord darajadagi transferi allaqachon kelishib olingani va hatto oʻzining mashhur iborasini ishlatib yuborganini taʼkidlagandi. Romano bitimning umumiy qiymati 132 million yevroni tashkil etishini, shundan 122 millioni kafolatlangan toʻlov va yana 10 millioni bonuslardan iborat ekanini yozgandi.Biroq RB Leipzig ijrochi direktori Marsel Shefer bu maʼlumotlar haqiqatga mutlaqo toʻgʻri kelmasligini ochiqchasiga aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, zamonaviy transfer yangiliklarini tarqatishda ayrim oʻzini ekspert deb atovchilar vaziyatni boʻrttirib koʻrsatishmoqda. Shefer klublar oʻrtasida muloqot borligini inkor etmagan holda, hali soʻnggi qadam tashlanmagani va rasmiy kelishuvga erishilmaganini alohida urgʻuladi.
Futbolchining jamoani tark etishidagi qiziq holatlar
Transfer atrofidagi shov-shuvlar fonida Yan Diomandening harakatlari ham muxlislar va mutaxassislar eʼtiborini tortmoqda. Oʻtgan mavsum Bundesligada 12 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan iqtidorli futbolchi jamoaning soʻnggi oʻyinlarida koʻrinish bermayapti. Xususan, u SC Verl jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazib yubordi va Avstriyadagi mavsumoldi yigʻiniga asosiy tarkib bilan birga safar qilmadi.Goal.com xabar berishicha, futbolchining shaxsiy shartnoma shartlari boʻyicha Real Madrid bilan ogʻzaki kelishuvga erishgani taxmin qilinmoqda. Shunga qaramay, klublar oʻrtasidagi toʻlov strukturasi boʻyicha bahslar davom etmoqda. Bundan tashqari, transfer jarayonini murakkablashtirayotgan yana bir muhim omil — futbolchining sobiq va amaldagi agentlari oʻrtasidagi huquqiy nizolar ham hal etilishi lozim.






























Izohlar 0
…