Xitoyda NVIDIA GeForce RTX 50 seriyali videokartalari narxi keskin oshdi

Xitoyda NVIDIA GeForce RTX 50 seriyali videokartalari narxi keskin oshdi

Xitoy bozorida NVIDIA videokartalarining ulgurji narxlari shiddat bilan o‘sib bormoqda, bu esa o‘yin kompyuterlarini yig‘ish qiymatining keskin qimmatlashishiga olib keldi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, narxlarning bu tarzda sakrashi nafaqat yuqori, balki o‘rta sinf foydalanuvchilariga mo‘ljallangan qurilmalarga ham jiddiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Xususan, distribyutorlar tomonidan taklif qilinayotgan GeForce RTX 5080ʼning boshlang‘ich qiymati 12 000 yuanga yetdi. Vaholanki, ushbu model uchun tavsiya etilgan bazaviy narx 8 299 yuan edi. Demak, haqiqiy narx belgilangan qiymatdan deyarli 45 foizga yuqori shakllangan.

O‘rta sinf videokartalari ham qimmatlashmoqda

Qimmatlashuv jarayoni boshqa ommabop modellarni ham chetlab o‘tmadi. Xususan, 16 GB xotiraga ega GeForce RTX 5060 Tiʼning minimal narxi 5 500 yuanga ko‘tarildi. So‘nggi bir hafta ichida GeForce RTX 5070 narxi ham biryo‘la 800 yuanga qimmatlab, 6 000 yuanlik belgiga yaqinlashdi.

Shuningdek, GeForce RTX 5060 Ti videokartasining ikkala versiyasi ham narx o‘sishidan xoli bo‘lmadi: ulardan biri 400 yuanga, ikkinchisi esa 600 yuanga qimmatlashdi. Yuzaga kelgan bunday vaziyatda bozordagi real chakana narxlar avvalroq tarqalgan va ko‘pchilik tomonidan haddan tashqari oshirib yuborilgan deb topilgan sizdirilgan maʼlumotlarga mos kela boshladi.

Narxlar nima sababdan o‘smoqda?

Tahlilchilarning taʼkidlashicha, videokartalar narxining keskin oshishiga bir nechta omillar sabab bo‘lmoqda. Birinchidan, NVIDIA o‘z hamkorlari uchun grafik protsessorlar va xotira narxini oshirgan. Ikkinchidan, Samsung, Micron va SK hynix kabi yetakchi ishlab chiqaruvchilar o‘z quvvatlarini sunʼiy intellektga mo‘ljallangan server tezlatgichlari uchun foydaliroq bo‘lgan HBM xotirasini ishlab chiqarishga yo‘naltirmoqda.

Natijada oddiy isteʼmolchilarga mo‘ljallangan GDDR xotirasi hajmi qisqarib bormoqda. Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, ikkinchi chorakning o‘zida DRAM xotirasi bo‘yicha shartnoma narxlari 63 foizgacha o‘sishi mumkin. Bu esa yaqin kelajakda videokartalar yanada qimmatlashishidan dalolat beradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar