Sunʼiy intellekt sohasi yangi yakkashoxni kashf etdi

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga ixtisoslashgan Simile startapi atigi besh oy ichida 200 million dollar miqdoridagi B seriyali investitsiyani jalb qilib, umumiy qiymatini 2 milliard dollarga yetkazdi va rasman yakkashox maqomini oldi. Mazkur moliyalashtirish raundiga Greenoaks boshchilik qilgan boʻlib, unga Index Ventures, Bain Capital Ventures va boshqa qator yirik fondlar oʻz hissalarini qoʻshdi.
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga ixtisoslashgan Simile stattapi atigi besh oy ichida oʻzining ikkinchi yirik moliyalashtirish raundini muvaffaqiyatli yakunladi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, kompaniya 200 million dollar miqdoridagi B seriyali investitsiyani jalb qilib, umumiy qiymatini 2 milliard dollarga yetkazdi va rasman yakkashox maqomini oldi. Mazkur moliyalashtirish raundiga Greenoaks boshchilik qilgan boʻlib, unga Index Ventures, Bain Capital Ventures va boshqa qator yirik fondlar oʻz hissalarini qoʻshdi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Mazkur moliyalashtirish surʼatining naqadar tezligi startap bozorida sunʼiy intellektga boʻlgan talab va ishonch yuqori darajada saqlanib qolayotganini koʻrsatadi. Eslatib oʻtamiz, bundan atigi besh oy oldin Simile yashirin rejimdan chiqib, Index Ventures boshchiligida 100 million dollarlik A seriyali investitsiyani qoʻlga kiritganini eʼlon qilgan edi. Qisqa vaqt ichida kompaniya qiymatining ikki barobar oshishi investorlarning ushbu loyihaga boʻlgan ishonchi naqadar baland ekanini tasdiqlaydi.
Simulyatsiya qilingan foydalanuvchilar qanday ishlaydi?
Simile stattapi marketing va mahsulotlarni tadqiq qilish sohalari uchun sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan simulyatsiya qilingan foydalanuvchilarni taklif etadi. Ushbu yondashuv kompaniyalarga oʻz mahsulotlarini real insonlar ishtirokisiz, dastlabki bosqichdayoq turli xil sunʼiy obrazlar orqali sinovdan oʻtkazish imkonini beradi. Bu esa bozor tahlili va mahsulot dizayni jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi.Loyiha Stenford universiteti doktoranti Joon Sung Park tomonidan asos solingan. Uning dissertatsiya ishi doirasida yaratilgan va AI agentlari hatto ziyofatlar uyushtirishgacha boʻlgan simulyatsiyalarni amalga oshirgan „Smallville“ nomli loyihasi ushbu startap uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Bugungi kunda kompaniyaning asosiy mijozlari qatorida yirik tibbiyot va chakana savdo tarmoqlari, xususan, CVS Health kompaniyasi ham mavjud boʻlib, u ayni paytda startapning asosiy buyurtmachilaridan biri hisoblanadi.
Sanoatdagi oʻsish va kelajak istiqbollari
Startapning eʼlon qilingan asosiy maqsadi yer yuzidagi barcha sakkiz milliard insonning xatti-harakatini aniq va toʻgʻri simulyatsiya qilishdan iborat. Shunga qaramay, mutaxassislarning fikricha, insonlar oʻta oldindan aytib boʻlmaydigan, ham mantiq, ham hissiyotlarga tayanib harakat qiladigan mavjudotlar boʻlgani sababli bu vazifa nisbatan murakkabdir. Biroq tadqiqotlar uchun foydalanuvchilarni simulyatsiya qilish yoʻnalishi bugungi kunda venchur investitsiyalarini jalb qilishda eng istiqbolli sohalardan biriga aylanib ulgurdi.Hozirgi kunda ushbu yoʻnalishda faoliyat yurituvchi boshqa kompaniyalar ham investorlar eʼtiborini tortmoqda. Xususan, oʻxshash xizmatlarni taklif qiluvchi Aaru stattapi ham oʻtgan yilning dekabr oyida 1 milliard dollarlik baholash qiymati bilan A seriyali investitsiyani qoʻlga kiritgan edi. Simileʼning soʻnggi yutuqlari sunʼiy intellekt vositasida bozor tadqiqotlarini amalga oshirish kelajakda biznes uchun muhim vositaga aylanishini koʻrsatmoqda.






























Izohlar 0
…