11:32 / 13.06.2017
5 733

Milliy TV kontentini xorijda Kartina TV rivojlantiradi

Milliy TV kontentini xorijda Kartina TV rivojlantiradi
Milliy TV telekanali hamda Kartina TV internet-servisi hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

8 iyundan boshlab Milliy TV kontentini xorijda ushbu servis translyasiya qiladi. Endilikda xorijda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar uchun telekanaldagi sevimli ko‘rsatuvlarini tomosha qilish yanada qulay bo‘ladi. Telekanalni portalning “Xalqaro kanallar” (“Internasionalnыe kanalы”) bo‘limidan izlash mumkin.

Kartina.TV servisi orqali Milliy TV telekanal efirlari translyasiyasi televizorda, kompyuterda, planshetda, smartfonda va boshqa uskunalarda ham ko‘rsatiladi.

Kartina.TV bu — xalqaro servis bo‘lib, MDHning 150 dan ortiq kanallari namoyishini taklif qiladi. Dunyoning 100 mamlakatidan 5 milliondan ziyod kishi portalga obuna bo‘lgan. Ulardan 24 foizi AQShda, 7 foizi Buyuk Britaniyada, 52 foizi Germaniyada, 8 foizi Isroilda va 9 foizi boshqa davlatlarda istiqomat qiladi.

Servis turli funksiyalarga ega, jumladan, Time shift funksiyasi vaqt-soatlari turlicha bo‘lgan hududlarda yashovchilarga ko‘rsatuvlarni o‘ziga qulay vaqtda ko‘rish imkonini beradi. Shuningdek, “Eko-rejim” funksiyasida telekanallarni hatto internetning tezligi kam bo‘lganda, 3G va LTE tarmoqlarida ham tomosha qilish mumkin.

Bundan tashqari, Kartina.TVda “Arxiv” funksiyasi ham mavjud, uning yordamida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar servisda 14 kun davomida saqlanib qolinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Milliy TV kontentini xorijda Kartina TV rivojlantiradi