
24 avgust kuni Apple rahbari Tim Kuk korporatsiyaning Sinsinnatidagi zavodlaridan birida bo‘lib, ishchilar bilan suhbatlashdi. Bu to‘g‘rida Tim o‘zining Tviter sahifasida ham e’lon qilgan. Biroq, ko‘pchilikni uning fikri emas, cho‘ntagidagi sirli smartfon qiziqtirmoqda.


Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining fikricha, Tim Kuk cho‘ntagida yangi iPhone 8 flagmanini solib, uni sinovdan o‘tkazib yuribdi. Bu smartfon o‘lchamiga ko‘ra, korporatsiya hozirgacha taqdim qilgan biror mobil telefonga mos emas.
Qolaversa, cho‘ntakdagi sirli smartfon o‘lchami iPhone 8 haqida insayderlar tomonidan ma’lum qilingan o‘lchamlarga to‘liq mos kelmoqda.
Keyingi oyda taqdim qilinishi kutilayotgan 8-avlod ayfoni 5.8 (12.7 sm) dyuymli Full HD (1080 x 1920) ekranli bo‘ladi. Yangi avlod iPhone flagmanlari tezkor va simsiz quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. iPhone 8 uchun Apple A11 -- 8 yadroli kuchli platforma yaratilgan. Uning ishlash salohiyati 2.5 Ggs.ni tashkil qiladi.
Manba: Terabayt.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar