date

“Instagram” foydalanuvchilarining ko‘pligi bo‘yicha “Twitter”dan o‘zib ketdi

“Instagram” foydalanuvchilarining ko‘pligi bo‘yicha “Twitter”dan o‘zib ketdi

“Instagram” ijtimoiy tarmog‘ining faol foydalanuvchilari soni oyiga 300 mln dan oshib ketdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u “Twitter”dan o‘zib ketdi, deb axborot beradi “Instagram”ning bosh direktori Kevin Sistrom.

“Oxirgi to‘rt yil ichida ikki do‘stning orzusi sifatida boshlangan bu loyiha ulkan global tarmoqqa aylandi. Unda har kuni 70 mln dan ortiq fotosurat va videolavhalar chop etiladi”, – deb xabar beradi Sistrom o‘zining tarmoqdagi rasmiy blogida.

Sistrom shuningdek, yaqin orada “Instagram”da mashhur insonlar, sportchilar va brendlar uchun maxsus akkauntlar paydo bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

“Instagram”ga 2010 yilda asos solingan bo‘lib, fotosuratlar va videolavhalar bilan o‘zaro almashish uchun mo‘ljallangan dastur. Ushbu kompaniya 2013 yilning sentyabr oyida uning faol foydalanuvchilari soni oyiga 150 mln ni, 2014 yilning martida esa 200 mln ni tashkil qilayotgani haqida axborot bergan edi.

“Twitter”ga 2006 yilda asos solingan, u qisqa xabarlar bilan o‘zaro almashinish uchun mo‘ljallangan ijtimoiy tarmoq. Hozirda uning faol foydalanuvchilari soni oyiga 284 mln ni tashkil etmoqda.

manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » “Instagram” foydalanuvchilarining ko‘pligi bo‘yicha “Twitter”dan o‘zib ketdi