«UZREPORT TV» telekanali Olimpiya o‘yinlarining translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi

«UZREPORT TV» telekanali Olimpiya o‘yinlarining translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi «UZREPORT TV» telekanaliga XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarining eksklyuziv huquqini rasmiy sotib olish taklifi bilan chiqdi.

Telekanal bu taklifni ma’qullab, tegishli kelishuvga erishdi va Olimpiya o‘yinlari translyatsiyasining eksklyuziv huquqini sotib oldi.

«UZREPORT TV» telekanali bunga qadar futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Angliya Premer ligasi, Ispaniya La Ligasi, Yevro-2016 , shuningdek, boks bo‘yicha Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionati va qishki Osiyo o‘yinlarining translyatsiya huquqini xarid qilgandi. Endi telekanal o‘z tarixida birinchi marta «Oq olimpiada»ni eksklyuziv namoyish etadi.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida tashkillashtirilayogan XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari shu yilning 9-25 fevral kunlari o‘tkaziladi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar