14:33 / 09.06.2018
7 569

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda elektromobil ishlab chiqarmoqchi

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda elektromobil ishlab chiqarmoqchi
Foto: «EkoTexnika»
Innovatsion rivojlanish vazirligida «Changan Automobile Group» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalalari va O‘zbekiston hududida elektr quvvati bilan ishlovchi avtomobillar ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama etildi. Bu haqda Innovatsiyalar vazirligi axborot xizmatiga tayanib «Xabar.uz» ma’lum qiladi.

«Changan» kompaniyasi vakillari Farg‘ona vodiysida joylashishi mumkin bo‘lgan elektromobillar yig‘ish sexini qurish istagini bildirdilar. O‘z navbatida, Innovatsiya vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov mazkur loyihanining amalga oshirilishini jadallashtirish uchun bor imkoniyatl arni ishga solishga, O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari va davlat organlari bilan muloqot qilishga amaliy yordam berish va qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. Tomonlar tez kunlarda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashga kelishib olishdi.

Loyiha muvaffaqiyatli ishga tushgan taqdirda, birinchi bosqichda 15-20 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, 100–150ta ish o‘rinlari tashkil qilish, bir yilda mingta yirik uzelli elektromobillar yig‘ish mumkin bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda esa Respublikadagi mavjud korxonalarning quvvatini jalb etgan holda ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qo‘shimcha ish o‘rinlari soni oshishiga erishiladi.

Ta’kidlash joizki, «Changan Automobile Group» Co Ltd eng ko‘p avtomobil ishlab chiqaruvchi Xitoy avtomobil kompaniyalarining «katta to‘rtligiga kiradi. Avtokompaniyaning Ford Motor, Suzuki Motor, Mazda Motor va PSA Peugeot Citroen kabi yirik konsernlar bilan qo‘shma korxonalari mavjud. Changanning bosh idorasi Chunsin shahrida joylashgan.

O‘zbekistonda mazkur kompaniya gibrid dvigatelli va butunlay elektr kuchida ishlaydigan zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarishga urg‘u berish niyatida. 2025 yilga kelib barcha turdagi modeldagi (kichik metrajli avtomobillardan tortib kupe kuzovli oliy toifadagi avtomobillaragacha) 21 modeldagi faqat elektr quvvati bilan ishlaydigan yangi elektromobillar va 12 ta gibrid modellar ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda elektromobil ishlab chiqarmoqchi