12:00 / 08.07.2018
3 606

Siri Buyuk Britaniya mudofaa vazirining gapini bo‘ldi

Siri Buyuk Britaniya mudofaa vazirining gapini bo‘ldi
Yaqinda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson (Gavin Williamson) parlamentda chiqish qilgandi, o‘shanda hech kimning hayoliga kelmagan hodisa ro‘y berdi. Siri ovoz yordamchisi vazirning, ya’ni egasining gapini bo‘lib, yig‘ilganlarning qarshisida o‘zi ma’ruza o‘qiy boshladi.

Uilyamson parlamentda Suriyadagi vaziyat hamda terrorizmga qarshi kurashning hozirgi jarayoni haqida ma’ruza o‘qiyotgan bir patda, uning smartfonida Siri uyg‘anib ketdi. Chamasi, vazirning so‘zlaridan birini Siri buyruq sifatida qabul qilgan va o‘zi so‘zlay boshlagan: “Internet orqali “Suriya” ni so‘ragandim, mana nimani topdim. Suriya demokratik armiyasi qo‘llab quvvatlayotgan…”.

Vazir shu zahotiyoq qurilmasini o‘chirgan, albatta va xazil aralash jilmayib shunday degan: “Ba’zida shunday ham bo‘ladi, o‘zingning shaxsiy mobil telefoning gapingni bo‘ladi”. Nima bo‘lganda ham, Siri vazirni ham uning hamkasblarini ham bir xursand qilgani rost.

Manba: Terabayt

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Siri Buyuk Britaniya mudofaa vazirining gapini bo‘ldi