“O‘zbektelekom” Qirg‘iziston orqali qo‘shimcha internet kanalga ulandi

“O‘zbektelekom” Qirg‘iziston orqali qo‘shimcha internet kanalga ulandi
O‘zbektelekom” AJ va Qirg‘izistonning “ElKat” MJCH tarmoqlari orasida o‘zbek-qirg‘iz chegarasi orqali o‘tgan aloqa tarmog‘i ulandi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

“Telekommunikatsion ulanma 2018 yilning 16 avgustidan boshlab tijorat foydalanuviga topshirildi”, - deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi chegaralararo ulanma Internet tarmog‘iga chiqish uchun muqobil yo‘nalish ochadi. Yangi aloqa yo‘nalishi Qirg‘iziston hududi orqali o‘tgan bo‘lib, u “O‘zbektelekom” AJ imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuningdek, yangi ulanma “O‘zbektelekom”ga Afg‘oniston va Turkmaniston yo‘nalishida qo‘shimcha tranzit aloqa kanallarini ochadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar