Foto: “Stmegi.com”
Oʻzbekiston shaharlarida Xitoyning osma poyezdlari paydo boʻlishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga tayanib.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi tomonidan Jizzaxda boʻlib oʻtgan Xalqaro investitsion forumining ikkinchi, yakuniy kunida Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd kompaniyasi va Germaniya-Xitoy madaniy almashinuvi uyushmasi tomonidan sanʼat va dizayn sohasida shartnoma imzolangan.
Imzolangan shartnoma Toshkent shahrida, Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida temiryoʻl, shu jumladan, turistik temiryoʻl infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.
Ushbu kelishuvga muvofiq:
- Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy dargoh tarkibida zamonaviy muhandislik va boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan fakultetni yoki oʻquv dargohini tashkil etishni;
- Markaziy Osiyodagi beshta davlat poyezdlariga texnik xizmat koʻrsatuvchi markazni tashkil etish;
- Oʻzbekiston shahar transporti tizimiga Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan past, bir relsli osma poyezdlarni kiritish rejalashtirilmoqda.
Shu asosda, Toshkent shahrining va Samarqand viloyatining turistik hududlarida kichik ekskursion poyezdlarni tashkil etish, ushbu hududlar boʻylab mehmonxonalarni qurish rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»