Julian Alvares Atletiko mashgʻulotlariga kirishdi, Barselona umidlari soʻndi

Julian Alvares Atletiko tomonidan tuzilgan maxsus jismoniy tayyorgarlik dasturi doirasida mashg'ulotlarni boshladi, bu esa uning klubdagi kelajagi borasidagi keskinliklar biroz pasayganini ko'rsatmoqda. 26 yoshli forvard avvalroq jamoadan ketish niyatini bildirgan va Barselona uning asosiy transfer nishoniga aylangandi, biroq transferdagi muammolar bu rejaga to'sqinlik qilmoqda.
Argentina terma jamoasi hujumchisi Julian Alvares Madridning Atletiko klubi murabbiylar shtabi tomonidan tuzilgan maxsus jismoniy tayyorgarlik dasturini bajarishga kirishdi. Marca nashri maʼlumotiga koʻra, futbolchining oʻz klubi bilan aloqalarni qayta tiklashi uning yozgi transfer oynasidagi kelajagi borasidagi keskinliklar biroz pasayganidan darak beradi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Maʼlumki, 26 yoshli forvard Jahon chempionati chogʻida yangi chaqiruvlarni istashini ochiq eʼlon qilib, jamoadan ketish niyatida ekanini bildirgandi. Shundan soʻng uning atrofidagi vaziyat keskinlashib, Kataloniyaning Barselona klubi futbolchining asosiy transfer nishoniga aylangandi. Biroq, soʻnggi voqealar kataloniyaliklar rejalariga jiddiy toʻsqinlik qilmoqda.
Transferdagi muammolar va klublararo mojaro
Alvares taʼtilning soʻnggi kunlarini oʻtkazayotganiga qaramay, 1-avgustdan boshlab Atletiko bazasidan tashqarida maxsus yakka tartibdagi mashgʻulotlarni boshlab yuborgan. Murabbiylar tomonidan ishlab chiqilgan ushbutoʻqqiz kunlik jismoniy rejim futbolchining yangi mavsumga optimal sport formasida qaytishini taʼminlashi kerak.Madridliklar va kataloniyaliklar oʻrtasidagi munosabatlar esa keskin yomonlashdi. Atletiko rahbariyati Barselonani futbolchi bilan uning ortidan muzokara olib borganlikda ayblab, Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) hamda FIFAga rasmiy shikoyat kiritdi. Poytaxt klubi bosh direktori Migel Anxel Xil Marin hozirgi sharoitda Barselona bilan muzokara oʻtkazmasligini qatʼiy taʼkidladi.
Diego Simeone va kelajak istiqbollari
Klublar oʻrtasidagi huquqiy ziddiyatlarga qaramay, Julian Alvares va bosh murabbiy Diego Simeone oʻrtasidagi shaxsiy munosabatlar ijobiy boʻlib qolmoqda. Futbolchi va murabbiy transfer mish-machallari avj olgan pallada ham oʻzaro muloqotni saqlab qolishgan.Atletiko rahbariyati yuzaga kelgan vaziyatda futbolchining oʻzidan koʻra uning agentlarini aybdor deb hisoblamoqda. Klubdagilar Alvaresga Antoni Grizmann misolini koʻrsatib, fransiyalik hujumchi Barselona bilan bogʻliq mojarolardan keyin qanday qilib muxlislar va rahbariyat ishonchini qayta qozonganini eslatib oʻtishdi.






























Izohlar 0
…