19:06 / 25.11.2018
5 067

Smartfon eng ko‘p nimadan buzilishi aniqlandi

Smartfon eng ko‘p nimadan buzilishi aniqlandi
AQSh da yashovchilarning 66 foizi uchun smartfon buzilishi muammosi begona emas, shulardan har uchinchisi qurilmaning ekranini sindirib qo‘yadi. Bu haqda «PhoneArena» nashri «SquareTrade» kompaniyasi tadqiqotlariga asoslanib xabar berdi.

Demak, shu kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh da bir yil davomida 50 milliontadan ziyod ekrani singan smartfonni ta’mirlashga 3,4 milliard dollar sarflangan. Bunda ekranni emas, birato‘la smartfonni almashtirishni istagan 34 foiz foydalanuvchilar hisobga olinmagan.

Servislarga qilingan murojaatlarning 27 foizi smartfon ekranidagi tirnalishlar, 22 foizi akkumulyatorlar nobopligi, 16 foizi yana o‘sha muammo — displeylarning ishlamay qolishi bilan bog‘liq.

Smartfonlar buzilishiga 74 foiz holatda yerga tushirib yuborilishi sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Smartfon eng ko‘p nimadan buzilishi aniqlandi