O‘zbekistonda Huawei Ascend Mate 7 smartfoni 1,8 million so‘mdan sotila boshlandi

O‘zbekistonda Huawei kompaniyasining eng kuchli smartfonlaridan biri, sentyabr oyida IFA−2014 ko‘rgazmasida taqdim etilgan Ascend Mate 7 modeli sotila boshlandi, Bu haqda «Mobinfo.uz»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

6 dyuymli in-cell LTPS displeyi, 1,8 GGs chastotaga ega to‘rt va 1,3 GGs chastotaga ega to‘rtta chipsetdan iborat Huawei Kirin 92 prosessoriga va 4100 mA·soat quvvatli batareyaga ega smartfon korpusining 95 foizi metalldan ishlangan, qalinligi 7,9 mm va og‘irligi 185 grammni tashkil etadi.
Smartfonga 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira, 5 megapikseli old va 13 megapikselli barmoq izlari skaneriga ega Sony orqa kamerasi o‘rnatilgan. Telefon LTE Cat 6 (4G) texnologiyasida ham ishlaydi. Uni «Fleshka»dan 1 million 800 ming so‘mga xarid qilish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing