WhatsApp’da videoqoʻngʻiroqlar funktsiyasi paydo boʻlishi mumkin

1 daqiqa o'qish6.7K
WhatsApp’da videoqoʻngʻiroqlar funktsiyasi paydo boʻlishi mumkin
WhatsApp’da videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi paydo bo‘lishi mumkin

Facebook kompaniyasi tomonidan sotib olingan WhatsApp ommabop dasturida ehtimol yaqin orada videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi paydo bo‘ladi. Bu funksiya dasturning sinov versiyalariga qo‘shilgani haqidagi ma’lumotlar bor, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Shu tariqa WhatsApp dasturi funksionalligi bo‘yicha Microsoft kompaniyasiga tegishli Skype xizmatidan qolishmaydigan bo‘ladi.

Ma’lumki, joriy yilda messenjer ovozli qo‘ng‘iroqlar funksiyasi bilan ta’minlangandi. Facebook’ning boshqa chat-dasturi – Facebook Messenger’da ovozli qo‘ng‘iroqlar va videoqo‘ng‘iroqlar allaqachon amalga oshirilgan.

Yangi funksiya haqidagi axborot germaniyalik foydalanuvchilardan olindi, ular dasturning sinov versiyalari (beta-versiyalari)da suhbatdosh bilan “yuzma-yuz” gaplashish imkonini beradigan yangi funksiyaning borligini aniqlashgan.

Suhbat paytida ovozni o‘chirib qo‘yish va smartfonning oldi va orqa kameralari o‘rtasida o‘tish mumkin. Suhbatdoshni ko‘rsatib turadigan kichkina kvadrat oynachani ekran bo‘ylab erkin harakatlantirish mumkin.

Taxminlarcha, WhatsApp’ning hammabop versiyalarida yangi funksiya yaqin haftalarda paydo bo‘lishi mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?