Acer ma’lumotlarni 7 Gbit/soniya tezlikda almashish imkoniga ega noutbuk taqdim etdi

1 daqiqa o'qish6.8K
Acer ma’lumotlarni 7 Gbit/soniya tezlikda almashish imkoniga ega noutbuk taqdim etdi
Acer ma’lumotlarni 7 Gbit/soniya tezlikda almashish imkoniga ega noutbuk taqdim etdi

Acer kompaniyasi CES-2016 ko‘rgazmasida TravelMate P648 noutbuk taqdim etdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi. Noutbuk 60 GGs diapazonida ishlaydigan Wi-Fi 802.11ad standardiga kanalga ega bo‘lib, u ma’lumotlarni 7 Gbit/soniya tezlikda almashish imkonini beradi. TravelMate P648 ushbu standartga ega ilk noutbuk hisoblanadi.

Bundan tashqari TravelMate P648 14 dyuymli Full HD IPS-displey, oltinchi avlod Core i3, i5 yoki i7 protsessori bilan jihozlangan. Uning og‘irligi 1,7 kg, qalinligi 2,12 sm.ni tashkil qiladi.

Shuningdek, noutbuk HDMI-port, 3 ta USB 3.0 porti, 4 GB tezkor hamda 1 TB doimiy xotira, HDR HD-kamera va NFC-modulga ega. U Windows 10 Pro operatsion tizimida ishlaydi.

TravelMate P648 2016 yilning fevral oyidan Xitoyda, apreldan boshlab esa Yevropada sotuvga chiqadi. Uning boshlang‘ich narxi Amerikada 800 dollar, boshqa joylarda esa 1000 yevroga teng.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?