Lyuks mahsulotlari bilan tanilgan Caviar brendi iPhone 11 Pro flagmanlarining Discovery nomli yangi turkumini taqdim etdi. Ular Quyosh tizimi mavzusida, qimmatbaho metallar qo‘llangan holda yasalgan va eng narxi balandi Solarius nomini olgan.
Caviar iPhone 11 Pro Discovery Solarius modelini tayyorlash uchun naq 500 gramm miqdorida 750 probali sof oltin ishlatilgan! Uning narxi 70 000 AQSh dollaridan oshadi, eng qimmati esa ichki xotirasi 512 gigabaytligi bo‘ladi – naq 71 520 dollar!
Lekin gap faqat smartfonning oltindan ishlanganida emas. Lyuks brend tayyorlagan iPhone’larning korpusi o‘rtasida soat mexanizmi o‘rnatilgan. Undagi 12 soni o‘rniga sariq brilliant qadalgan. Caviar dizaynerlari bu bilangina qoniqmasdan, korpusga yana ko‘plab brilliantlar o‘rnatishgan.
Caviar hamda Apple fanatlari bunchalik miqdorda oltin ishlatilmagan, «arzonroq» iPhone’larni tanlashlari ham mumkin. Masalan, ushbu turkumdagi Mars, Terra hamda Luna versiyalarining narxlari 8 100 dan to 8 260 dollarigacha boradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”