O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga tashrif buyurdi.
Ushbu IT-park Prezidentimizning 2018 yilda Hindistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuv asosida, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Hindiston Respublikasining Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qoshidagi Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati hamkorligida tashkil etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi qarorida texnopark faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari belgilandi, shu maqsadda direksiya tuzildi. Qurilish ishlari jadal olib borilib, joriy yil iyulda uning dastlabki binosi foydalanishga topshirildi.
Davlat rahbari bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Texnoparkda mutaxassislar uchun barcha qulayliklar yaratilgan, istiqbolli startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari tashkil etilgan. Axborot texnologiyalari, moliya texnologiyalari, logistika, elektron tijorat, elektron ta’lim, biotexnologiya va boshqa yo‘nalishlardagi ilk loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Masalan, AQShdagi transport korxonalariga logistika hamda kafe va pitsseriyalarga autsorsing bo‘yicha texnologik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Texnoparkning bu kabi xizmatlari arzonligi, sifati qolishmasligi bilan xorijliklarga ma’qul bo‘lmoqda.
- Iqtisodiyotimiz barqarorligi, har bir sohaning sifati va samaradorligi, aholiga qulayliklar yaratish axborot texnologiyalari bilan bog‘liq. Shuning uchun bu sohaga yanada keng imkoniyat, zarur infratuzilma yaratish, mutaxassislarni har tomonlama rag‘batlantirish, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalash kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mazkur texnopark rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar 2028 yilning 1 yanvariga qadar soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan. Bu soha mutaxassislariga katta madad bo‘lib, texnoparkka qiziqishni oshirmoqda. Qisqa vaqtda uning rezidentlari soni 300 dan ortdi.
Soha rivojiga yanada keng sharoit yaratish maqsadida bu yerda yana yettita lotda qurilish qilinib, IT-ofislar, biznes markazi, mehmonxona va boshqa binolar barpo etish rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu yangi bosqich qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.
Texnoparkda yillik ishlab chiqarish quvvati 2020 yilda 10 million dollardan ortishi, 2025 yilda esa 100 million dollarga yetishi ko‘zda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollar.
Davlatimiz rahbari bu yerda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan suhbatlashdi.
- Bugun O‘zbekiston barcha sohalarda o‘zini namoyon etmoqda. O‘z vaqtida axborot texnologiyalariga e’tibor qaratganimiz yaxshi natijalar bermoqda. Bitta dasturiy mahsulot davlatimizga qancha naf keltiradi, korrupsiya, byurokratiyani bartaraf etadi, odamlarga qulaylik yaratadi. Har doim yodda tutinglarki, sizlarning ishingiz judayam muhim, - dedi Prezident.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar